Buxoro – tarixiy obidalar, madaniyat va ruhiy poklanish maskani. Buxoro — O‘zbekistonning eng qadimiy va tarixiy shahri bo‘lib, uning tarixi 2500 yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Shahar qadimdan Markaziy Osiyoning muhim siyosiy, iqtisodiy va dini markazlaridan biri bo‘lgan. Islom olamining eng nufuzli ilmi va ma’rifat maskanlaridan biri sifatida tan olingan Buxoroda ko‘plab ulamolar, mutafakkirlar va shayxlar yetishib chiqqan. Jumladan, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk allomalar shu hudud bilan bog‘liq. Shahar markazida joylashgan Ark qal’asi — qadimiy hukmdorlar qarorgohi bo‘lib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Kalon minorasi esa o‘zining ulug‘vorligi va betakror me’morchilik uslubi bilan ajralib turadi. U 12-asrda qurilgan bo‘lib, o‘sha davrda imomlar azon aytgan eng baland inshoot hisoblangan. Mir Arab madrasasi — bu islomiy ta’lim markazi bo‘lib, yillar davomida minglab talabalar bu yerda tahsil olishgan. Hozirgi kunda ham mazkur madrasa faoliyat yuritmoqda va turli davlatlardan kelgan mehmonlarni o‘ziga jalb etadi. Buxoro qadimdan Ipak yo‘lining muhim nuqtalaridan biri bo‘lgan. Bugungi kunda ham sayyohlar bu yerda qadimiy bozorlar — masalan, Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon, Toqi Sarrafon kabi savdo do‘konlarida an’anaviy hunarmandchilik mahsulotlarini topishlari, gilamlar, zargarlik buyumlari va milliy kiyimlarni xarid qilishlari mumkin. ...
BatafsilJizzax
Hozir konsultatsiya oling!
Mutaxassislarimizdan bepul konsultatsiya oling. Sizga eng yaxshi variantni tanlashda yordam beramiz va barcha savollaringizga javob beramiz.
